Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

19-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining asosiy bahslari start oldi.

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Musobaqaning dastlabki kunida o‘zbekistonlik atletlar bir necha sport turida bahslarda ishtirok etib, kun yakuniga ko‘ra uchta medalni qo‘lga kiritishga erishdi. Qo‘lga kiritilgan har uchta medal ham erkin kurashchilar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Dastlabki medal -65kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Sirojiddin Hasanov tomonidan qo‘lga kiritildi.

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Sirojiddin bronzaga ega chiqqan bo‘lsa, -74 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov delegatsiyaga ilk oltin medalni olib keldi.

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Foto: Ma’rufjon Asqarov

-97 kg vazndagi polvon Magomed Ibragimov ham bronzaga ega chiqdi.

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Foto: Ma’rufjon Asqarov

Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha qit’aning 45 mamlakati ichida hozircha sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi