Erkin kurash bo‘yicha 65 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqada o‘zbekistonlik Sirojiddin Hasanov bronza medaliga ega chiqdi. Bronza medali uchun bahsda Hasanov mo‘g‘ulistonlik Batchuluun Batmagnaiga qarshi kurashdi.
Bahsda 10:6 hisobida raqibidan ustun kelgan Sirojiddin Hasanov O‘zbekiston hisobiga Osiyo o‘yinlaridagi dastlabki medalni keltirdi.
Ma’lumot uchun, Hasanov 1/8 finalda hindistonlik Bajrang Bajrang bilan kuch sinashib 3:13 hisobida yutqazib qo‘ydi. Uning raqibi finalga chiqqani bois Sirojiddinda bronza medali uchun kurashish imkoniyati paydo bo‘ldi.
O‘tish bahsida tojikistonlik Abdulqosim Fayziyevni 10:0 hisobida mag‘lub etgan Sirojiddin bronza medali uchun bahsda qatnashish huquqini qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)