Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kecha, 18-avgust sanasida futbol bo‘yicha Angliya premer-ligasining 2-tur uchrashuvlariga start berildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Turni “Kardiff Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qilgan holda ochib berdi. Uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etildi.

Mauriso Pochettino boshliq “Tottenhem” o‘z maydonida APLga qaytgan “Fulhem”ni mehmon qildi. Lukas Moura, Kevin Tripper va Harri Keynning gollariga, Aleksandr Mitrovich “Fulhem”dan javob golini kiritdi. Shu tariqa “Tottenhem” 6 ochko bilan APL peshqadami bo‘lib oldi.

Turning markaziy o‘yini esa Londondagi “Stemford Bridj” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Mauritsio Sarri boshchiligidagi “Chelsi”, Unai Emeri yetakchiligidagi “Arsenal”ga qarshi kurash olib borib, 3:2 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Mezbonlar tarkibida Pedro, Morata hamda Markos Alonso gol kiritgan bo‘lsa, “kanonirlar”dan Genrix Mxitaryan va Aleks Ivobi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga erishdi.

Angliya premer-ligasi

2-tur bellashuvlari

18-avgust, shanba

“Kardiff” — “Nyukasl” 0:0

“Everton” — “Sauthempton” 2:1

Gollar: 1:0 – 15 Uolkott, 2:0 – 31 Risharlison, 2:1 – 54 Ingz.

“Lester” — “Vulverhempton” 2:0

Gollar: 1:0 – 29, avtogol Doerti, 2:0 – 45 Meddison.

Chetlatish: Vardi (66, Lester).

“Tottenhem” — “Fulhem” 3:1

Gollar: 1:0 – 43 Lukas Moura, 1:1 – 52 Mitrovich, 2:1 – 74 Trippyer, 3:1 – 77 Keyn.

“Vest Hem” — “Bornmut” 1:2

1:0 – 33, penalti Arnautovich, 1:1 – 60 Uilson, 1:2 – 66 Kuk.

“Chelsi” — “Arsenal” 3:2

Gollar: 1:0 – 9 Pedro, 2:0 – 20 Morata, 2:1 – 37 Mxitaryan, 2:2 – 41 Ivobi, 3:2 – 81 Alonso.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi