Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahar hokimligi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning bugun, 18-avgust kuni Samarqandga kelishi munosabati bilan shaharning ayrim ko‘chalarida yo‘l harakati cheklanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Foto: ZarNews

Foto: ZarNews
Hurmatli samarqandliklar hamda shahrimiz mehmonlari.

Samarqand shahriga davlatimiz hamda Tojikiston Respublikasi davlati rahbarlarining tashrifi tufayli ayrim ko‘chalarda, Ibn Sino (Aeroport yo‘li), Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Registon maydoni, Rasmiy mehmonlarni qabul qilish uyi (Rezidensiya), Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiy haykali atrofida yo‘l harakati cheklanishi mumkin.

Shu sababli paydo bo‘ladigan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Hurmat bilan, Samarqand shahar hokimligi.

Avvalroq kechki va sirtqi yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Samarqand viloyatida 18-avgust kuni bo‘ladigan test sinovlari 19-avgustga ko‘chirilgani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?