Samarqand shahar hokimligi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning bugun, 18-avgust kuni Samarqandga kelishi munosabati bilan shaharning ayrim ko‘chalarida yo‘l harakati cheklanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Hurmatli samarqandliklar hamda shahrimiz mehmonlari.Avvalroq kechki va sirtqi yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun Samarqand viloyatida 18-avgust kuni bo‘ladigan test sinovlari 19-avgustga ko‘chirilgani ma’lum qilingandi.Samarqand shahriga davlatimiz hamda Tojikiston Respublikasi davlati rahbarlarining tashrifi tufayli ayrim ko‘chalarda, Ibn Sino (Aeroport yo‘li), Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Registon maydoni, Rasmiy mehmonlarni qabul qilish uyi (Rezidensiya), Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiy haykali atrofida yo‘l harakati cheklanishi mumkin.
Shu sababli paydo bo‘ladigan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
Hurmat bilan, Samarqand shahar hokimligi.
Izoh (0)