7-avgust kuni Yunusobod tumani Bodomzor ko‘chasida 22:40 da Matiz rusumli avtomobil haydovchisi 25 yoshli M.ni urib yuborgan. Bu paytda ayol ikki nafar farzandi bilan yo‘ldan o‘tayotgan bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Baxtli tasodif tufayli bolalarga shikast yetmagan, biroq ularning onasi tan jarohati olgan. Ularga birinchi yordam ko‘rsatish o‘rniga mashina haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan. Ona-bolalarning baxtiga yo‘lovchilar tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266 va 117-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida kuni kecha ushbu YTHni sodir etgan shaxs — 58 yoshli I.I. ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)