Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 14-avgust kuni Nexia rusumli avtomashina Isuzu rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi T.B. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani Samarqand—Qarshi avtomobil yo‘lining 53-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan O.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.
Oqibatda Nexia avtomashinasining bir yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan va yana bir yo‘lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)