Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Londonning “Arsenal” klubi kapitalidagi 30 foizlik ulushini sotgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov darhol boshqa ko‘plab futbol klublariga pul tikish borasida takliflar oldi. Bu haqda Usmonovning Bloomberg’ga bergan intervyusiga tayanib, Spot xabar berdi.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, gap unga klub boshqaruviga ta’sir o‘tkazish imkonini beruvchi kelishuv haqida ketmoqda va u barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

Xususan, Usmonov investitsiyalarini Liverpulning “Everton” klubida kengaytirish ehtimolini yashirmayapti. Klubning eng yirik aksioneri eronlik biznesmen Farhod Moshiriy hisoblanadi.

Biroq Usmonovning futbol sohasidagi manfaatlari faqat Angliya bilan chegaralanmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Myunxenning “Bavariya”, Italiyaning “Roma” va “Milan” jamoalari ishlariga qiziqmoqda.

Financial Times ekspertlarining hisob-kitobiga ko‘ra, “Arsenal”ning yirik aksioneri Sten Kronkega sotilgan klubning 30 foizlik aksiyasi uchun Usmonov 550 million yevro olgan.

Usmonov “Arsenal”ning egalaridan biriga aylangan 2007-yildan buyon uning aksiyalar paketi qiymati to‘rt baravardan ko‘proqqa oshgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj