Shveysariyaning Toggenburg okrugida devorlar va tomga ega bo‘lmagan mehmonxona ochildi, deb yozadi Design Boom.
Mehmonxonda bor yo‘g‘i 3 ta nomer mavjud. “Shaffof xona”larda karavot, kichik javon va yorituvchi lampa bor, xolos. Mijozlarga kofe, nonushta va alkogolsiz ichimkliklar olish huquqi ham taqdim etiladi. Mijoz yotoqxonasiga nonushta olib kelishdan tashqari noqulay ob-havo sharoitida joylashish uchun boshqa muqobil xizmatlarni ham taklif etishadi.
Yomg‘ir vaqtida tashrifchilar mehmonxonaga yaqin joydagi kulbalar yoki eski uylarga joylashib olishlari mumkin. Mehmonxona ochilgan zahoti ancha mashhur bo‘lib ketdi. Mavjud bo‘sh tunlarning ko‘pi oldindan band qilib qo‘yilgan.
Izoh (0)