Kompyuter haqiqiy odamlarga xos malakalarni o‘zlashitirishda davom etmoqda, deb yozadi TJournal.

Kadr: YouTube

AQShdagi Karnegi-Mellon universiteti tadqiqotchilari neyrotarmoqqa basketbol o‘yinlari vaqtida to‘p bilan muomala qilish va maydon bo‘ylab harakatlanishni o‘rgatdi.

Tadqiqotchilarning bu muvaffaqiyati kompyuter o‘yinlari uchun yanada qulaylik yaratishi mumkin. Odatda kompyuter o‘yinlarida tayyor animatsiyalardan foydalaniladi. Endi esa ularni kompyuterning o‘zi ishlab chiqa oladi.