Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 8-avgust kuni BMT bosh kotibining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda gumanitar sheriklik masalalari bo‘yicha yordamchisi Rashid Xalikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Scoopnest

Foto: Scoopnest

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida O‘zbekiston va BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan Qidirish va qutqarish masalalari bo‘yicha xalqaro maslahatlashuv guruhi (INSARAG) hamda BMTning favqulodda vaziyatlarda baholash va muvofiqlashtirish bo‘yicha guruhi (UNDAC) doirasida O‘zbekiston salohiyatini mustahkamlash choralari sohasida aloqalarni rivojlantirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi tasdiqlandi.

“Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi”, — deyiladi TIV axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?