“Gazeta.uz” mushtariylaridan biri yuborgan avtomobil videoregistratoridagi yozuvda yaqinda ta’mirdan chiqarilgan Baynalmilal ko‘chasida ommaviy ravishda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlanish ko‘rinishidagi yo‘l harakati qoidalarining buzilishi qayd etilgan.
Birinchi qisqa video 1-avgustda Oqtepa maydoniga harakatlanishda yozib olingan bo‘lib, unda 2 daqiqa ichida eng kamida 15 ta avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
2-avgust kuni xuddi shu qismda yozib olingan videoda esa o‘ndan ortiq mashina qarshi yo‘nalish bo‘ylab harakatlangani tasvirlangan. Bunda qarshi tomondan yo‘l-patrul xizmati mashinasi kelayotgan vaziyat ham bor.
“Gazeta.uz”ning qayd etishicha, Toshkent IIB YHXB qoidabuzarlarga qarshi albatta chora ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)