Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonga tovarlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishning yangi me’yorlari maishiy texnikaning qimmatlashiga olib keldi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotiga tayanib, Spot xabar bermoqda.

22-iyun kuni “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining Qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, bir oy mobaynida 20 ta mahsulot turidan (muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, changyutgich va hokazo) bittasinigina bojsiz olib o‘tish mumkin.

Yangi me’yorlarning joriy qilinishi maishiy texnika vositalari narxining o‘sish suratiga ta’sir qildi.

Qaror 1-iyuldan e’tiboran kuchga kirgan. Iyul oyining o‘zida dazmol 3,1 foizga, elektr choynak 2,4 foizga, changyutgich 1,1 foizga qimmatlagan.

Shu bilan birgalikda, shaxsiy gigiyena vositalarining narxlari arzonlashda davom etmoqda. Masalan, shampun 4,5 foizga, tish pastasi 0,6 foizga arzonlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank