Italiyadagi pitsseriyalardan birining egasi plyajda 70 yoshli bir nafaqaxo‘r har kuni bir ayolning suratini yoniga qo‘yib o‘tirganini kuzatgan va uning hikoyasini ijtimoiy tarmoqda yozgan. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
54 yoshli Jorjio Moffa plyajda yoniga bir ayolning suratini qo‘yib, suvni tomosha qiladigan erkakni suhbatga tortgan. Ma’lum bo‘lishicha, 70 yoshli Juzeppe Jordano har kuni rafiqasi Idaning suratini olib Gaeta shahridagi plyajga keladi.
Jordano rafiqasini qattiq qo‘msayotgani, ayoli 7 yil saraton bilan kurashib, vafot etganini aytgan. Er-xotin yoshligida shu plyajga muntazam tashrif buyurgan. Ular 16 yoshida tanishgan. 1969-yili turmush qurgan va shundan buyon bir-biridan ajralmagan. 3 nafar farzand ko‘rgan.
Pitsseriya egasi Jordanoning suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joylagan va voqea tez orada ommalashib ketgan. Jordanoga yordam berishni istaganlarni Moffa o‘z pitsseriyasiga taklif qilgan.
Izoh (0)