2018-yil 23-iyul kuni “Ba’zi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu haqda Hisob palatasi matbuot xizmatiga tayanib, “O‘zA” xabar berdi.
Qonunga muvofiq Hisob palatasi faoliyatiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
- Hisob palatasiga birja bitimi to‘g‘risidagi axborot va amalga oshirilgan notarial harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish huquqi berildi;
- Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organ sifatida belgilandi;
- Hisob palatasining davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilish sohasidagi vakolatlari (davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilish hajmlarini va maqsadga muvofiqligini baholash, davlat tashqi qarzlariga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish va hokazo) belgilab berildi;
- Hisob palatasining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi belgilandi.
Izoh (0)