Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistondagi eng ommabop internet-nashrda ishlashni xohlaysizmi?

Dunyo va O‘zbekistondagi so‘nggi yangiliklarni o‘z tengqurlaringizga muntazam yetkazishni-chi?

Biz ishga olmoqchi bo‘lgan jurnalist va muharrirlar oldiga qo‘yiladigan vazifalar:

  • “Daryo” internet-nashri uchun xabar va mualliflik maqolalari yozish;
  • “Daryo” jurnalistlari tayyorlagan xabarlarni chop etilishidan avval tekshirish (musahhih sifatida), tahrir qilish (muharrir sifatida);
  • “Daryo” jurnalistlari tayyorlagan tarjima xabarlaridagi faktlarni chop etilishidan avval manba bilan qiyoslab tekshirish;
  • va boshqa internet-jurnalistikaga bog‘liq vazifalar.
Bizda:
  • Oylik: raqobatbardosh, kelishuv asosida;
  • Yangi, zamonaviy kompyuter;
  • Yosh, qiziqarli, xushchaqchaq jamoa;
  • Bepul, mazali tushlik (bay-bay-bay);
  • Ofisimiz shaharning qoq markazida (“Hamid Olimjon” metro bekati yonida);
  • Rasmiy mehnat shartnomasi.
Sizga qo‘yiladigan talablar:
  • O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini ham bilish — nur ustiga nur);
  • Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
  • Kirill grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvini mukammal bilish;
  • Yoshingiz: 18-40 o‘rtasida;
  • Ma’lumotingiz: ahamiyatsiz;
  • Kompyuterda bemalol ishlash;
  • Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati propiskasi (vaqtincha propiska ham bo‘laveradi).
Qiziqdingizmi? U holda:

Saytimizdan 10 ta imloviy, uslubiy xatoni topib Microsoft Word formati yoki skrinshot holatida, rezyumengiz bilan birga info@simple.uz elektron manziliga yuboring. Rezyumesiz xatlar qabul qilinmaydi va ularga javob berilmaydi.

 “Daryo” nashri haqida

“Daryo” internet-nashri Simple Networking Solutions MChJga tegishlidir. Kompaniya 2011-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirda “Muloqot” ijtimoiy tarmog‘i, “Daryo” internet-nashri va boshqa saytlarni yuritadi.

“Daryo” nashriga bir oyda 1,5 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi. “Daryo” O‘zbekistondagi eng ommabop onlayn-OAV bo‘lib, 2014-yil o‘tkazilgan Milliy UZ domeni internet festivalida ushbu ko‘rsatkich alohida e’tirof etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi