O‘zbekistonda maishiy chiqindilardan olingan gazdan elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlanadi, deb yozadi Spot “2018—2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning amalga oshirilishini tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga tayanib.
Loyihani Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi amalga oshirmoqda, u 55 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni yo‘naltiradi.
Korxona Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashadi. Ko‘rsatilgan muddat — 2019—2020-yillar, 27,5 million dollarni 2019-yilda o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda.
Ma’lum qilingan loyihaviy quvvati — 15 MVt.
Izoh (0)