Germaniyalik rassomlar Tomas Granseyer va Tomislav Tema yuzlab yarim shaffof mato qismlaridan tayyorlangan installyatsiyani taqdim etdi va bu bilan tanqidchilarni maftun qildi, deb yozadi Big Picture.
Installyatsiya uch o‘lchamli graffitini eslatadi. Rassomlar shu tariqa haqiqiy va raqamli hayot o‘rtasidagi farqni yaqqol ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. “Yo‘qolgan jannat” deb ataluvchi installyatsiyani o‘rnatish uchun metall qisqichlar va yuzlab metr turli rangdagi yarim shaffof matolar kerak bo‘lgan.
Izoh (0)