Farg‘ona viloyat IIB xavfsizlik bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Rishton tumanida soxta militsioner ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
2018-yil 30-iyul kuni ichki ishlar organlari xizmat kiyimidagi ayol Rishton tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlarining ish faoliyatiga aralashib yurgani haqida ma’lum qilingan. Tezkor tadbir davomida Rishton tumani Oqyer qishlog‘idagi “Vodiy 2” binosi yonida ichki ishlar organlarining mavsumiy oq ko‘ylagi va yashil yubkasini kiyib olgan ayol safdor maxsus unvoni bilan turganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)