Massachusets-Louell universiteti olimlari to‘yinmagan Omega-3 yog‘ kislotalarini muntazam iste’mol qilish stress va tajovuzkorlik darajasini pasaytirishini aniqladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
O‘tkazilgan tadqiqot tarkibida omega-3 yuqori bo‘lgan taomni iste’mol qiluvchi bolalar tengdoshlariga qaraganda o‘zini sokinroq tutishini ko‘rsatdi. Bu esa ularning ota-onalari asab tizimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislar fikricha, tajovuzkorlik, hatto jinoiy xulq-atvor ham qisman biologik omillarga bog‘liq. Tadqiqot mualliflari zarur kislotalar yetishmovchiligini to‘ldirish aksilijtimoiy xulq-atvor oldini olish imkonini beradi.
Omega-3 miya, diqqat va xotira faoliyatini ham yaxshilaydi. Uning eng yaxshi manbalaridan biri dengiz mahsulotlaridir.
Izoh (0)