Moskva shimoli-sharqida uch nafar qiz shaxsiy adovat sababli otasini so‘yib tashladi. Ularga nisbatan ayblov e’lon qilingan. Bu haqda Rossiya Tergov boshqarmasining Moskva tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
2018-yilning 27-iyul kuni kechqurun Altufyevskiy shossesining turar joy zinasida bo‘yin va ko‘krak qismidagi ko‘plab kesilgan jarohatlari bo‘lgan 57 yoshli erkakning jasadi topilgan.
Ertasi kuni mazkur jinoyatni sodir etishda gumonlanib 17, 18 va 19 yoshli uch nafar qiz qo‘lga olingan. So‘roq qilish davomida opa-singillar aybini tan olib, ularga uzoq vaqt davomida ma’naviy aziyat yetkazganligi uchun otasiga nisbatan shaxsiy adovat yuzaga kelganligini tan olgan.
Izoh (0)