Xitoyning Guayyan shahrida g‘aroyib osmono‘par bino paydo bo‘ldi. Muhandislar bino fasadida 100 metrli sharshara qurdi. “Vesti.ru” qurilmaga e’tibor qaratdi.

Suv 108 metrdan tushadi. Pastda suv yig‘iladigan rezervuar joylashgan, to‘rtta kuchli nasos suvni yuqoriga ko‘tarib beradi. Bunda bino ichiga suvning shovqini eshitilmaydi.

Xitoylik arxitektorlar bunday mo‘jizakor bino shaharga sayyohlarni ko‘proq jalb qiladi, deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, mahalliy biznesmenlar sharsharali binoda ofislarni ko‘proq ijaraga oladi.