Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘lari respublika budjetidan ajratiladigan transfertlar va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari, jumladan quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:
- ichimlik suvi va oqava suvi ta’minotini, issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, maishiy chiqindilarni to‘plash va chiqarish infratuzilmasini yaratish;
- mahalla ichki yo‘llarini va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta’mirlash, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta’mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta’minlash;
- “Obod mahalla” dasturi doirasida boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Izoh (0)