Yo‘llardagi muammolar haqida endi onlayn xabar qilish mumkin — Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘z saytini ochdi va murojaatlarni qabul qila boshladi. Bu haqda inspeksiya xabariga tayanib, Spot ma’lum qilmoqda.
“Saytda inspeksiya faoliyati bilan tanishish, yangiliklarni o‘qish, yo‘l ishlari qurilishi sifatini yaxshilash masalasi bo‘yicha virtual qabulxonaga murojaat qilish va o‘z takliflarini yuborish mumkin”, — deyiladi xabarda.
Murojaatni yuborish uchun elektron raqamli imzo talab etilmasligi ta’kidlanadi.
Inspeksiya har bir ariza ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Shuningdek, xizmat sinov rejimida ishlayotganligi uchun uzilishlar bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.
Izoh (0)