Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Urganch kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Bobur Egamberdiyev “Kraina” Butunukraina fuqarolik tashkilotining “Za Rozbudovu Ukraini” (“Ukraina rivoji uchun”) ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

Endigina 18 yoshga qadam qo‘ygan Boburning til o‘rganish, ilm cho‘qqilarini egallashda erishayotgan yutuqlariga havas qilsa arzigulik. U o‘tgan yil Rossiyada o‘tkazilgan rus tili va adabiyoti bo‘yicha xalqaro olimpiadada nominatsiya g‘olibi, joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida tashkil qilingan tatar tili va adabiyoti xalqaro olimpiadasida 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.

Boburning xorijiy tillarni o‘rganish orqali yoshlar o‘rtasida xalqaro hamdo‘stlikni mustahkamlash, ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish bo‘yicha qator maqolalari xorijiy nashrlarda chop etilgan.

Uning ijodiy izlanishlari munosib e’tirof etilib, o‘tgan yilda Fransiyaning Euro Star-2017 mukofoti sohibi bo‘lgan edi. Yaqinda esa Bobur Ukraina ordeni bilan taqdirlandi.

Yosh tadqiqotchi o‘zbek va ukrain tillari nazariyasini o‘rganish, do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda erishgan yutuqlari uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko‘rildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi