Boysundan, Omonxona qishlog‘idagi mo‘jizakor buloqlar yonidagi dala hovlilardan birida dam olayotgan o‘zini M. Shonazarova deb tanishtirgan qashqadaryolik onaxon qo‘ng‘iroq qilib, noxush xabarni yetkazdi, deb yozadi “XXI asr” gazetasi.
“Kecha tunda yonginamizdagi ulkan toshlardan biri qulab tushdi. Esimiz chiqib ketdi. Nega desangiz, ana shu toshlar ostidagi karavotlarda odamlar dam olishayotgandi. Xayriyatki, xudoyim asrabdi, qurbonlar yo‘q, yotganlar sezib qolib qochib qutulibdi. Faqat bir bola shikastlanibdi, kechadan beri daryo bo‘yida shunday toshlar tagiga o‘rnatilgan karavotlarga odamlarni qo‘yishmayapti”, — deydi M. Shonazarova.
Avvalroq nashr Omonxonada mavjud shifobaxsh buloq suvidan ichish maqsadida dardiga darmon izlab kelganlar, davolash maskanidagi tartibsizlik, qonunbuzarlik, noqonuniy qurilgan mehmonxonalar, suvning sotilayotgani-yu turnaqator navbat kabi muammolar haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)