Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 25-iyul kuni Mudofaa vazirligi Sport klubi boshlig‘i boshchiligidagi harbiy sportchilar 28—31-iyul kunlari Qirg‘izistonning Baliqchi shahrida bo‘lib o‘tadigan harbiy-amaliy sportning “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” musobaqasida ishtirok etish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ushbu nufuzli musobaqalar harbiy-amaliy sportning 7 ta turini o‘z ichiga olgan bo‘lib, “Armiya qo‘l jangi”, “Komandirlik startlari”, “Sport oriyentirlanishi”, “Tog‘ uch kurashi”, “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi”, “Ofitserlar uch kurashi” va “MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish” kabi bahslar bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonlik harbiylar 16—20-aprel kunlari Rossiyaning “Igrovoy” universal sport majmuasida o‘tkazilgan “Komandirlik startlari”, 26—29-iyun kunlari Belorus Respublikasi poytaxti Minskda harbiy-amaliy sportning “Ko‘p kurash harbiy sport kompleksi” turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan halqaro musobaqalarda faxrli ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.

Ushbu musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning eng kuchli merganlari o‘zaro kuch sinashadi.

Mudofaa vazirligi sport klubining eng yorqin merganlari – mayor Inver Osmanov, katta leytenant Natalya Dolbilina, kichik serjantlar Roman Goloshapov, Artyom Chernishyov, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askarlar Azizxon Muhammadrahimov va Yana Fatxi xalqaro toifadagi bahslarda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qildi
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)