Chililik fotograf Fransisko Negroni ekstremal ob-havo sharoitlarini aks ettiruvchi suratlari bilan tanilgan. U tomonidan olingan Chilidagi Puyeue vulqoni otilishining surati nafaqat fotografning ijodi ishqibozlarini maftun etgan, balki bir nechta xalqaro mukofotlarni ham qo‘lga kiritgan, deb yozmoqda Big Picture.
Gap faqat suratlarda emas, balki Negroni kerakli joyda paydo bo‘lish va tabiatning kuchli hodisalarini kameraga muhrlash qobiliyatiga ega.
Negroni vulqon otilishining qismlari va butun kuchiga urg‘u berish uchun asosan kutish bilan vaqtini o‘tkazadi. Uning ba’zi suratlarida iflos momaqaldiroq deb ataluvchi hodisa aks etgan.
Iflos momaqaldiroq — vulqon og‘zidan chiqqan chang bulutida chaqmoqning hosil bo‘lishi. Tabiat hodisasi statik elektr toki ishlab chiqaruvchi kul, toshlar va tog‘ rudasi to‘qnashuvi bilan tushuntiriladi. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, iflos momaqaldiroqlar vulqon otilishi vaqtida 27—35 foiz holatlarda sodir bo‘ladi.
Izoh (0)