Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatiga 2018–2019-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli boshlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida 2018–2019-o‘quv yili uchun tanlov e’lon qildi. E’londa maktab-internatga Toshkent shahrida joylashgan maktablarning 6-sinf bitiruvchilari tanlov asosida 7-sinfga qabul qilinadi, deyilgan. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zA qabul uchun mas’ul, Innovatsiya vazirligi yetakchi mutaxassisi Azim Azamatov bilan bog‘landi.
Hozirda qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan 2018–2019-o‘quv yili uchun qabul faqat Toshkent shahridan amalga oshiriladi. Kelgusi yildan boshlab esa respublikamizning barcha hududlaridan o‘quvchilar qabul qilinadi. Hozircha ikkita sinf (bitta rus va bitta o‘zbekcha) uchun o‘quvchilar saralab olinishi nazarda tutilgan. Har bir sinfga 20 tadan o‘rin ajratilgan. Hujjatlar joriy yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinadi. Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Tanlov fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 14-sentabr kuni imzolangan “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va ‘Astronomiya va aeronavtika’ bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Astronomiya instituti qoshida matematika, astronomiya, fizika va informatika fanlarini chuqur o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etilgan bo‘lib, maktabda 200 nafar o‘quvchi tahsil olishi hamda va 150 o‘rinli turar joy binosi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan edi.Azim Azamatov, Innovatsiya vazirligi yetakchi mutaxassisi
Izoh (0)