20-iyul, juma kuni tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinichni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat davomida asosiy e’tibor bo‘lajak O‘zbekiston–Belarus oliy darajali uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish, jumladan tashrifning kun tartibi va dasturi masalalariga qaratildi.
Uchrashuvda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va boshqa ikki tomonlama tadbirlarning o‘tkazilish muddatlari ham muhokama qilindi.
Izoh (0)