Maktabgacha ta’lim vazirligida ishlovchi xodimlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.
Hukumatning 18-iyuldagi qarori bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Ro‘yxatda shu paytgacha 66 ta tashkilot mavjud edi.
Izoh (0)