Sergeli IIO FMB, Toshkent shahar va Navoiy viloyati FVB tomonidan Sergeli tumani Daryobo‘yi mahallasidan oqib o‘tuvchi Nayman kanali atroflari tozalanib, chiqindilardan holi hududga aylantirildi. Bu haqda Toshkent IIBB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Shuningdek, Bo‘rijar kanalida ham obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda. Yakkasaroy tuman IIO FMB, shahar FVB va tuman hokimligi xodimlari maxsus texnikalar yordamida kanalni chiqindilar va yovvoyi o‘tlardan tozaladi. Bundan tashqari, kanal bo‘yiga manzarali ko‘chatlar o‘tqazilib, sayr qilinadigan maskan barpo qilish rejalashtirilgan.
Izoh (0)