19—23-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Eron tumanlaridan Turkmaniston orqali o‘ta issiq havo kirib keladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Respublika bo‘ylab so‘nggi bir necha yillikda qayd etilgan o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5—7 daraja yuqori jazirama ob-havo kuzatiladi. Kunduzi havo harorati 40—43 darajagacha isiydi, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa bu ko‘rsatkich 44—45 darajani tashkil etadi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa garmsel shamoli esishi mumkin.
19—23-iyul kuni havo haroratining ko‘tarilishi tufayli tog‘ va tog‘oldi hududlariga Tojikiston va Qirg‘izistondan sel kelishi mumkin.
Izoh (0)