Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqaroni o‘roq bilan urib jarohat yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
15-iyul kuni Qoraqalpog‘iston respublikasining Kegeyli tumanida yashovchi I.J. “Jana bazar” OFY hududida A.K.ning orqa chap ko‘krak qismiga o‘roq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada A.K. kasalxonaga yotqizilib, I.J. qo‘lga olingan.
Izoh (0)