Joriy yilning 6—16-iyul kunlari Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida zaif eshituvchilar o‘rtasida shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Musobaqa doirasida Ochiq chempionat ham tashkil etildi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi, 2004 (Malente, Germaniya) va 2008-yilgi (Sant-Gallen, Shveysariya) zaif eshituvchi o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempioni, 2015-yilgi Osiyo chempioni (Ulan-Bator, Mo‘g‘uliston) Sirojiddin Zayniddinov ham ishtirok etdi.

Ochiq chempionat yakunlariga ko‘ra 8 ochko jamg‘argan Sirojiddin birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va musobaqa g‘olibiga aylandi. Ma’lumot uchun chempionatda 30 nafar shaxmatchi o‘z omadini sinab ko‘rdi.

Shaxmatchi bugun tongda kutib tantanali ravishda kutib olindi.

Foto: MOQ matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Sirojiddin avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ikki xonali uy bilan taqdirlangandi.