“MyTashkent.uz” Kogondagi Buxoro amiri yozgi saroyining suratlarini taqdim qildi. Bu yili saroy qurilganiga 120 yil to‘ldi.
1895-yil 14-avgustda Buxoro amiri Abdulahadxon buyrug‘iga ko‘ra Yangi Buxoro shahrida saroy qurilishi boshlangan. Saroy loyihasini Aleksey Leontyevich Benua ishlab chiqqan. Qurilishga muhandis Dubrovin boshchilik qilgan. Qurilish ishlari 1898-yili yakuniga yetgan. Saroy buxorolik va rus ustalari tomonidan qurilgan.
Izoh (0)