15-iyul, yakshanba kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani IIBga o‘ziniki bo‘lmagan avtomashinani sotib yuborgan fuqaro ustidan shikoyat kelib tushdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Future Road Taxi MChJ haydovchisi D.V. shu MChJga tegishli Nexia rusumli avtomashinani may oyida 4 000 AQSh dollariga sotib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida D.V. ushlangan. Ma’lum qilinishicha, D.V. muqaddam ham sudlangan.
Izoh (0)