Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida sanoat parki hududida yuz bergan portlash oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “RIA Novosti” xabar qildi.
Voqea 12-iyul, payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:30 da Ibin okrugi Szyanan uyezdidagi sanoat parkida yuz bergan.
Voqea joyiga mahalliy hukumat vakillari kelgan, tafsilotlar aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)