Odam yuz-qiyofasini eslatadigan ko‘rinishga ega meyn-kun zotli mushukning videosi internetda ommalashdi, deya “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mushukning laqabi — Valkiriya. U endigina 2 oylik. Valkiriya ishtirokidagi video 1-iyul kun tarmoqda joylangan va bir necha kun ichida foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishgan.
Foydalanuvchilar uning qiyofasiga turlicha munosabat bildirgan. Ayrimlar Valkiriyani mushukka aylanib qolgan yalmog‘iz deb atagan. Boshqa bir guruh foydalanuvchilar mushukning egasiga uni qo‘rqinchli filmlarda suratga tushirishni tavsiya qilgan.
Avvalroq, Xitoyda inson yuziga ega mutant-cho‘chqacha tug‘ilgani haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)