Hindistonning Tata Motors kompaniyasi dunyodagi eng arzon avtomobil hisoblangan Nano kompakt-karini ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deya “Motor” xabar bermoqda.
O‘tgan oyda bor-yo‘g‘i bitta mashina konveyerdan chiqqan. 2017-yili esa bu rusumdagi mashinadan 275 ta ishlab chiqarilgan edi. Bir dona xetchbek ham eksport qilinmagan. 2017-yilda esa ularing 25 tasi eksport qilingan edi. Nano‘ning bozorda muvaffaqiyatsizlikka uchragani ishlab chiqaruvchining uni arzonlashtirishga uringani bilan izohlanmoqda. Shuningdek, avtomobilning o‘zidan-o‘zi yonib ketish holatlari ko‘p qayd etilgan.
Tata Nano‘ga 38 ot kuchiga ega 624-kubli dvigatel o‘rnatilgan.
Avtomobil narxini arzonlashtirish uchun dastlab ishlab chiqaruvchilar mashinaga bagaj eshigini o‘rnatmagan. Shuningdek, mashinaning xavfsizlik yostig‘i, tormoz kuchaytirgichi va konditsioner bo‘lmagan.
Tata Nano‘ning narxi 236 447 hind rupiysiga teng.
Izoh (0)