Toshkentda 1966-yilgi zilzila xotirasiga 1970-yilda ochilgan “Jasorat” haykali oldidagi maydon rekonstruksiyadan so‘ng ochildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Maydonda yangi yoritkichlar, o‘rindiqlar o‘rnatilgan, gullar ekilgan, haykalga eltuvchi zinalar va daraxtlar yoritilgan.
Bronzadan ishlangan haykal ham restavratsiya qilingan va yaltiroq ko‘rinish kasb etgan. Maydon yonidagi trotuar qizil rangga bo‘yalgan.
Haykal va maydon rekonstruksiyasi fuqarolarning murojaatlari inobatga olinib, O‘zbekiston prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Izoh (0)