Urush o‘tmish odamlari uchun hayotning bir qismiga aylangan odat bo‘lgan. Hudud, tabiiy boylikar, shon-sharaf urush boshlanishi uchun asosiy sabablardan bo‘lgan. Ba’zi xalqlarda urushda istirok etish muqaddas burch, urushda halok bo‘lish esa eng yaxshi mukofot sanalgan. TravelAsk tarixdagi eng jangovar xalqlarga e’tibor qaratdi.
Maori
Yangi Zelandiyaga kelib joylashmoqchi bo‘lganlar, shubhasiz, maorilar bilan to‘qnashgan. Ular uchun jang kayfiyatni ko‘tarish va nufuzga ega bo‘lish usuli hisoblangan. Qabilalarga kannibalizm mavjud bo‘lgan. Ular o‘z dushmanlarining kuchiga ega bo‘lish uchun ularni yegan.Gurkxi
XIX asrda Buyuk Britaniya armiyasiga nepalliklar qabul qilina boshlangan, ular gurkxilar deb atalgan. Gurkxilar o‘z g‘azabi va tashqi ko‘rinishi bilan tanilgan. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham, yuqori tazovuzkorlik va og‘riqlarga chidamlilik xususiyatiga ega bo‘lgan. Qo‘rqmas gurkxilar jangga birinchi bo‘lib kirgan va ularning asosiy quroli kukri jang pichog‘i bo‘lgan. Aynan ularning jangchilari Angliyaning Osiya va Afrikadagi koloniyalariga yuz bergan qo‘zg‘olonlarni bostirgan va Birinchi jahon urushida ishtirok etgan.Dayaki
Kalimantan orolida hanuzgacha o‘z an’analari asosida yashayotgan qabilada o‘smir haqiqiy erkak deb tan olinishi uchun o‘z dushmanining boshini issiq qoni bilan birga olib kelishi kerak. Agar u bu ishni bajara olmasa, bola bo‘lib qoladi va hech qanday huquqqa ega bo‘lmaydi. Dayakilar bugungi kunda ham o‘qotar qurollarni tan olmaydi, ular metall uchli nayzalar yordamida ov qiladi.Qalmiqlar
Qalmiqlar Rossiyaning eng urushqoq xalqlaridan biri bo‘lgan. Hatto Chingizxon ham ularni yenga olmagan.Apachilar
Apachilar — Shimoliy Amerikaning eng jangovar qabilalaridan biri. Ular ko‘p asrlar davomida qo‘shni hindu qabilalari bilan, keyin esa oq tanli koloniyachilar bilan kurashgan. Qurollari yog‘och va suyakdan yasalgan bo‘lsa ham, ular uzoq vaqt davomida shtatlarning janubi-g‘arbini dahshatga solgan.Ninzalar
Ninzalar tarixi X asrda boshlangan. Biroq ular Yaponiyada qabilalararo kurashlar boshlangan XV asrga kelib o‘zining qudratli cho‘qqisiga chiqqan. Ninza bo‘lish oson bo‘lmagan, buning uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tish kerak bo‘lgan. Uning ichiga nafaqat jang san’atlari, balki eshitish, ko‘rish xotirasi, shuningdek, tibbiyot, igna sanchish, zaharni davolash ham kirgan. Bu tayyorgarliklar natijasida ninzalar har qanday buyumdan qurol sifatida foydalana olish darajasiga yetgan.Vikinglar
Skandinaviyaliklar zamonaviy Daniya, Islandiya va Norvegiya o‘rnidagi sovuq hududlarda yashagan. Tuproq unumsiz bo‘lgani sababli ularning yashash uchun yagona imkoniyati yaxshi yerlarni bosib olish bo‘lgan. Qadimgi Yevropaning ko‘plab mamlakatlari vikinglar bosqinlaridan aziyat chekkan.
Izoh (0)