Hukumatning 2018-yil 5-iyuldagi qaroriga muvofiq majburiy tartibda sertifikatlanadigan, O‘zbekiston hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ayrim turdagi temir yoki po‘lat simlar, burchak va boshqa shakl berilgan, maxsus temirdan yoki po‘latdan ishlangan profillar, korroziyaga chidamli yarimtayyor po‘latli ishlanmalar, po‘latdan yengil o‘ralgan simlar va boshqa mahsulotlar ham endi majburiy sertifikatlanadi.
Shu munosabat bilan “O‘zstandart” agentligiga 2018-yil 1-noyabrga qadar metall mahsulotlarini to‘liq sinovdan o‘tkazish uchun maxsus laboratoriyalarni jihozlash va modernizatsiya qilish vazifasi yuklandi.