Toshkent shahrining Chilonzor tumani hokimligi yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Yangi bino 3 qavatdan iborat. 1- va 2-qavatlariga “Nuroniy” jamg‘armasi, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Oila” ilmiy-tadqiqot markazi va Yoshlar Ittifoqining tumandagi kengash va bo‘limlari, 3-qavatda esa “Yoshlar— kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ochilgan “Chilonzor” kovorking markazi joylashdi.
Hokimlik binosi yon-atrofi obodonlashtirilib, aholi uchun qulayliklar yaratildi.
Ma’lumot uchun, mazkur binoda qurilishi ishlari o‘tgan yili kuzda boshlangandi.