“O‘zbekiston havo yo‘llari” 7-iyul kuni London — Samara—London yo‘nalishida charter reysini amalga oshirishga buyurtma oldi. Bu haqda MAK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Aviakompaniya 240 nafar muxlisni JChning shu kuni bo‘lib o‘tadigan Angliya — Shvetsiya o‘yinini kuzatish uchun Londondan Samaraga eltadi.
Parvoz va ortga qaytish Boeing 767 samolyotida amalga oshiriladi.
6-iyul kuni aviakompaniya futbol ishqibozlarini Fransiya va Urugvay o‘rtasidagi o‘yinga olib borish uchun Sochi—Qozon yo‘nalishi bo‘yicha charter reysini amalga oshirgandi.
Izoh (0)