Toshkent shahrida 6-iyuldan boshlab “Bunyodkor” shoh ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Kichik halqa yo‘ligacha (metroning “Chilonzor” bekati) bo‘lgan qismi transport qatnovi uchun yopiladi. Bu haqda IIBB axborot-multimedia markazi ma’lum qildi.
Qatnov mazkur hududda barpo etilayotgan yo‘l o‘tkazgichdagi qurilish ishlari yakunlanguncha to‘xtatiladi.
Mazkur yo‘l o‘tkazgich yoz fasli oxirigacha foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Uning uzunligi 667,5 metr bo‘lib, 8 metr balandlikdagi 23 ta ustunga ega.