Toshkent viloyatining Qibray tumanida 5-iyul kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Zafarobod qo‘rg‘oni, Qizil shalola ko‘chasida haydab ketayotib piyoda, May qo‘rg‘onida yashagan S.B.ni urib yuborib, unga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
S.B. olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
Jinoyat sodirgan qilgan haydovchi yoki u boshqargan avtomobil haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga xabar berish yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Izoh (0)