1-iyul kuni DXX Xorazm viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan Urganch tuman hokimining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Bekzod Abdurimov mahalliy fuqarodan pora olayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Hokimlikda sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalariga javobgar bo‘lgan mansabdor tamagirlik qilgan summa 5 million so‘mga teng edi.
Bekzod Abdurimovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)