Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondan Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev ushbu sana bilan Qozog‘iston xalqi va Nursulton Nazarboyevni samimiy tabrikladi.
Tadbirda O‘zbekiston san’at ustalari tomonidan ham kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.