Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida 1—7-iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Yevrosiyo” xalqaro kinofestivalida O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Karim Mirhodiyev “Eng yaxshi erkak roli ijrochisi” deb topildi.
Rejissor Rashid Malikovning “Sabot” deb nomlangan badiiy filmi kinofestivalining asosiy tanloviga qo‘yilgan 12 ta film ichida bor edi.
Ma’lumot uchun “Sabot” filmi “O‘zbekkino” MA buyurtmasiga asosan suratga olingan bo‘lib, unda 1980-yillar voqealari tasvirlangan. Filmda bosh rollarni Karim Mirhodiyev, Seydulla Moldaxanov, Behzod Hamroyev, Nigora Karimboyeva, Zulxumor Mo‘minovalar ijro etgan.